Afg'oniston OAV: O'zbekiston tashabbusi bilan "Surxon-Puli-Xumri" elektr yetkazib berish loyihasi amalga oshirilmoqda
Sentabr 08, 2025. 13:16 • 2 daq
• 115
KOBUL, 8-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Afg'onistonning yetakchi "Tolo news" va "Ariana news" telekanallarida O'zbekiston energetika vaziri Jo'rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasining Kobulga tashrifi haqida teledasturlar namoyish etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo"AA muxbiri.

Teledasturlarda O'zbekiston delegatsiyasi rahbarining energetika sohasida o'tkazilgan konferensiyadagi ishtiroki va nutqi batafsil yoritilgan.
Ma'lum qilinishicha, vazir Jo'rabek Mirzamahmudov o'z chiqishida, ishtirokchilarni O'zbekiston rahbariyatining Afg'onistonning iqtisodiy-ijtimoiy tiklanishiga qaratilgan tashabbuslari bilan tanishtirgan.
"Xususan, O'zbekiston Afg'onistonni elektr energiyasi bilan ta'minlab, nafaqat afg'on xalqiga, balki mamlakat sanoatini rivojlanishiga katta hissa qo'shayotgani qayd etildi", – deyilgan lavhalarda.
Afg'oniston OAV ta'kidiga ko'ra, anjumanda O'zbekiston tashabbusi bilan 500 KVt "Surxon-Puli-Xumri" elektr energiyasini yetkazib berish liniyasini qurish bo'yicha loyiha ishga tushirilayotgani ma'lum qilingan.
"Ushbu tashabbus O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasidagi ikki tomonlama aloqalarning rivojlanishiga katta turtki bo'ladi", – deb urg'ulagan afg'on telekanallari.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

"The World News": O‘zbekiston Pokistonning Karachi porti orqali O‘zbekiston mahsulotlari tranzitini oshirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi



