Qirg'iziston OAV: Ajdodlar merosini asrab-avaylash va uni zamonaviy g'oyalar bilan uyg'unlashtirish - O'zbekistonning oliy maqsadidir
Dekabr 19, 2024. 17:25 • 2 daq
• 115
O'Sh, 19-dekabr. /"Dunyo" AA/. Qirg'izistonning ommabop "Alliance-press" axborot-tahlil agentligi O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning "O'zbekiston: Madaniyatni rivojlantirish - milliy o'zlikni saqlashning asosiy vositasi" sarlavhali maqolasini e'lon qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolada O'zbekistonda madaniyat va san'atni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar chuqur mazmun kasb etib, yangi bosqichga o'tayotgani ta'kidlangan.
Qayd etilishicha, milliy san'atni asrab-avaylash, yosh avlodni uning go'zalligi orqali tarbiyalash, madaniyatni ijtimoiy hayotning ajralmas qismi sifatida mustahkamlashga mamlakatimiz taraqqiyotining eng muhim elementlari sifatida qaralmoqda.
"Ajdodlardan qolgan boy madaniy merosni asrab-avaylash va uni zamonaviy texnologiyalar yordamida yangi avlodlarga yetkazish milliy o'zlikni saqlash va uni dunyoga namoyish etishda katta ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, madaniy meros obyektlarini raqamlashtirish, ularni ilmiy o'rganishni kengaytirish va ommalashtirishni kuchaytirish ishlari xalqaro hamkorlikning muhim yo'nalishiga aylanmoqda", - deya ta'kidlaydi muallif.
Maqolada O'zbekiston milliy san'at maktablari va "Ustoz–shogird" an'anasi milliy va zamonaviy madaniyat uyg'unligini ta'minlashda o'ziga xos o'rin tutishiga urg'u berilgan. Mamlakatimiz san'atining yorug' kelajagini yaratish uchun barcha zarur chora-tadbirlar, jumladan, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo'llab-quvvatlash choralari ko'rilayotgani e'tirof etilgan.
Muallifning ta'kidlashicha, madaniyat va san'atning rivojlanishi jamiyat hayotining barcha sohalarida o'z aksini topadi va ushbu yo'ldagi har bir qadam - xalqning ma'naviy yuksalishi, milliy qadriyatlarni e'zozlash va Yangi O'zbekistonni dunyoga namoyish etishga intilishdir.
"Ajdodlar merosiga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish va uni zamonaviy g'oyalar bilan uyg'unlashtirish nafaqat zaruriyat, balki yuksak maqsad hamdir. Mazkur jarayonning ijobiy jihatlaridan foydalanib, o'zbek madaniyatining o'ziga xos jihatlarini jahon maydonida namoyish etish millat taraqqiyotining muhim mezoniga aylanib bormoqda", - deb xulosa qiladi "Alliance-press" agentligi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi