Logo

Tojikiston OAV: Markaziy Osiyo – yangi ufqlar va imkoniyatlar mintaqasi

Oktabr 16, 2025. 19:41 • 52 soniya

31
Tojikiston OAV: Markaziy Osiyo – yangi ufqlar va imkoniyatlar mintaqasi

DUSHANBE, 16-oktabr. /"Dunyo" AA/. Tojikistonning "Avesta" axborot agentligi "Markaziy Osiyo-yangi ufqlar va jadal rivojlanish mintaqasi" sarlavhali maqolani e'lon qildi deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda mintaqa davlatlarining infratuzilma, sanoat, energetika va texnologiyalar bo'yicha manfaatlari uyg'un, Kaspiydan Tyan-Shan tog'larigacha bo'lgan yo'laklar esa bo'lajak Yevroosiyo sanoat xaritasining asosiga aylanayotgani qayd etilgan.

"Mintaqaning asosiy mamlakatlaridan biri – O'zbekiston misolida Markaziy Osiyoning izchil rivojlanayotganini ko'rish mumkin. Savdo va investitsiyalar kengaymoqda, kelishilgan standartlar va logistika innovatsiyalari joriy etilmoqda. "Ochiq eshiklar" siyosati barcha qo'shnilar bilan mustahkam shartnoma-huquqiy bazaga tayanadi", –deyiladi nashrda.

 Qozog'iston bilan erkin savdo va investitsiyalarni rivojlantirish, Tojikiston bilan Abadiy do'stlik deklaratsiyasi (2022), Turkmaniston bilan transport va temir yo'l shartnomalari, Qirg'iziston bilan 2030-yilgacha bo'lgan strategik dastur bozorlarga shaffoflik imkoniyatini taqdim etdi, o'zaro savdo ko'rsatkichlari o'sishini va investorlarning O'zbekistonga bo'lgan ishonchini mustahkamladi.

"Markaziy Osiyo "geografiya"dan "iqtisodiyot"ga o'tmoqda integratsiyalashgan qoidalar, transport yo'laklari, investitsiyalar o'sishi va hududlararo hamkorlik formatlari mintaqani yangi kuch markaziga aylantirmoqda", – deya urg'ulangan "Avesta" AA tarqatgan maqola xulosasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish