O'zbekiston bosh konsuli va Qirg'iziston Savdo-sanoat palatasining O'sh viloyat bo'limi rahbari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar
Yanvar 22, 2024. 17:19 • 40 soniya
• 233
O'SH, 22-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning O'sh shahridagi bosh konsuli Zafar Axmedov Qirg'iziston Savdo-sanoat palatasi O'sh viloyat bo'limi rahbari vazifasini bajaruvchi Cholponbay Ermekov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasida mintaqalararo aloqalarini rivojlantirish, Andijon va O'sh viloyatlari savdo-sanoat palatalari o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, 2024-yilda rejalashtirilgan qo'shma tadbirlar muhokama qilindi.
Ikki mamlakat o'rtasida o'zaro savdo-sotiq so'nggi 6 yil ichida 8 barobarga o'sib, tovar ayirboshlash hajmi 1,3 milliard dollardan oshgani alohida ta'kidlandi. Qayd etilganidek, ushbu ko'rsatkichni yaqin kelajakda 2 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.
Uchrashuv, yakunida tomonlar O'zbekiston va Qirg'iziston tadbirkorlari o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, "B2B" formatidagi muzokaralar, O'sh va Andijon shaharlariga biznes-turlarni tashkil etish, shuningdek, sayyohlar oqimini oshirish to'g'risida kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi
ADPI pedagoglari Qirg‘iz–o‘zbek xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi