Logo

Toshkent va Islomobod Pokistonning Karachi portida o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun omborlar tashkil etishga kelishib oldi

Fevral 06, 2026. 14:30 • 49 soniya

114
Toshkent va Islomobod Pokistonning Karachi portida o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun omborlar tashkil etishga kelishib oldi

TOSHKENT, 7-fevral. /“Dunyo” AA/. Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Pokiston dengiz ishlari bo‘yicha vaziri o‘rinbosari Umar Zafar Shayx va Karachi porti raisi Shahid Ahmad bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Transport vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, muzokaralar davomida Pokiston portlari orqali O‘zbekiston yuklarini tashish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va investorlarga imtiyozlar berish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Karachi porti hududida O‘zbekiston tovarlari uchun maxsus omborlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu mamlakatimiz eksportyorlari uchun Janubiy Osiyo bozorlariga chiqishda muhim logistika markazi bo‘lib xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tomonlar "O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston" temir yo‘li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini (TIA) ishlab chiqish uchun dala tadqiqotlarini boshlash hamda fevral oyida "Pokiston – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" yangi transport koridori bo‘ylab ilk pilot yuk tashishlarni amalga oshirish bo‘yicha ham bir to‘xtamga kelgan edilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish