Logo

Madrid shahrida Ispaniyaning eng yirik banki O'zbekiston bank xizmatlari bozoriga kirishi bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi

Yanvar 15, 2024. 07:55 • 38 soniya

868
Madrid shahrida Ispaniyaning eng yirik banki O'zbekiston bank xizmatlari bozoriga kirishi bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi

MADRID, 15-yanvar. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning Madrid shahridagi elchixonasida Ispaniyadagi eng yirik, Yevropada esa beshlikka kiruvchi «Santander» bankining mintaqaviy menejeri David Plaza bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.



Suhbat chog'ida ispan tomoni O'zbekiston bank xizmatlari bozoriga kirish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan istiqbolli yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirish masalalariga qiziqish bildirdi. Shuningdek, mazkur loyihalarni moliyalashtirish uchun «Santander» banki O'zbekistonga 500 mln dollar miqdorida kredit mablag'larini ajratishga tayyorligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bank so'nggi ikki yilda eksport-import operatsiyalari sohasida tuzilgan bitimlar soni bo'yicha Yevropada yetakchi bo'lib kelmoqda.

Uchrashuv yakunida O'zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyati Ispaniya bankining vakolatxonasi ochilishini jadallashtirish omili bo'lishi ta’kidlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish