"Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ London fond birjasida 500 million AQSh dollari miqdoridagi yevroobligatsiyalarni joylashtirdi
May 19, 2025. 07:13 • 38 soniya
• 65
LONDON, 19-may. /"Dunyo" AA/. "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ boshqaruvi raisi – bosh direktori Quvondiq Sanaqulov boshchiligidagi delegatsiyaning Britaniyaga tashrifi doirasida London fond birjasida kompaniyaning navbatdagi korporativ obligatsiyalari muvaffaqiyatli chiqarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

500 million AQSh dollari miqdoridagi yevroobligatsiyalar 5 yil muddatga va 6,75 foizlik daromadli shartlarda London fond birjasida joylashtirildi.
Emissiyaga bo'lgan qiziqish kutilgandan yuqori bo'lib, umumiy talab 2,3 milliard AQSh dollaridan oshdi.
Yevroobligatsiyalarni chiqarishda "Citi", "JP Morgan", "Societe Generale", "MUFG" va boshqa hamkor banklar hamda moliyaviy sindikatlar ishtirok etdi.
Navbatdagi korporativ obligatsiyalarning xalqaro kapital bozorida muvaffaqiyatli joylashtirilishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga investorlar bildirayotgan ishonch va ijobiy bahoning tasdig'idir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
2025-yil oxirida O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga o‘sishi prognoz qilindi
Surxondaryoda Rossiya kompaniyasining shourumi ochildi
Toshkentda O'zbekiston–O'mon ayol tadbirkorlari II biznes-forumi bo'lib o'tdi