Logo

2025-yil oxirida O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga o‘sishi prognoz qilindi

Dekabr 09, 2025. 16:31 • 41 soniya

210
2025-yil oxirida O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga o‘sishi prognoz qilindi

TOSHKENT, 9-dekabr. /“Dunyo” AA/. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2025-yilgi O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sish prognozini 7,5 foizgacha oshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Markazning maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonning YIM 7,5 foizga o‘sishi kutilmoqda, bu Markazning iyun oyidagi prognozidan 0,8 foiz bandga yuqori.

Mavjud makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, Markazning integratsiyalashgan modeli 2025-yilda YIMning 7,5 foiz darajasida o‘sishini prognoz qilmoqda. Prognoz koridori 7,3–7,7 foiz oralig‘ida.

Markaz xulq-atvor iqtisodiyoti ko‘rsatkichlarini, jumladan Google qidiruvlari dinamikasini tahlil qildi.

Joriy yil yanvar–oktyabr oylarida “avtotransport vositalari” kategoriyasidagi so‘rovlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3foizga, “biznes va sanoat” – 5,9 foizga, “xaridlar” – 8,1 foizga va “moliya” kategoriyasida 9,5 foizga oshgani kuzatildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari oldinroq Shveysariyaning KOF iqtisodiy instituti bilan hamkorlikda O‘zbekiston uchun real vaqtda makroiqtisodiy tahlil modelini ishlab chiqqan bo‘lib, ushbu loyiha Jahon banki va Innovatsion rivojlanish agentligi ko‘magida MUNIS dasturi doirasida amalga oshirilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish