O'zbekiston – Qirg'iziston – Xitoy – Mo'g'uliston koridori bo'ylab birinchi pilot yuk tashuvi muvaffaqiyatli amalga oshirildi
Iyun 23, 2025. 12:40 • 57 soniya
• 117
TOSHKENT, 23-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Transport vazirligi tomonidan Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda "O'zbekiston – Qirg'iziston – Xitoy – Mo'g'uliston" koridori bo'ylab birinchi pilot yuk tashuvini tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Trasport vazirligi ma'lumotiga ko'ra, mazkur pilot yuk tashuvi mamlakatimiz tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yangi bozorlarga olib chiqish, avtomobil transportida yangi koridorlarda yuk tashuvlarini yo'lga qo'yish maqsadida amalga oshirildi.
Murakkab relyefli Oltoy tog'lari bo'ylab o'tgan mazkur koridor ayrim qismlari dengiz sathidan 1500 metr balandlikkacha ko'tariladi. O'zbek milliy tashuvchisi tomonidan 4500 km masofa 8 kunda bosib o'tildi.
Ishtirokchi davlatlar o'rtasidagi samarali hamkorlik va ushbu transport yo'lagini rivojlantirish bo'yicha qo'shma sa'y-harakatlar natijasida savdo aylanmasi o'sishi va transport-logistika aloqalarining kengayishi uchun yangi istiqbollar ochilmoqda.
Ushbu yo'nalish davlatlar o'rtasida eksport va import yuk tashuvlari hajmini oshirishga, savdo aloqalari geografiyasini kengaytirishga hamda tovarlarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirishga xizmat qiladi.
Dunyo logistika bozoridagi vaziyatni inobatga olganda, mazkur koridorning rivojlanishi o'zbek milliy tashuvchilari uchun o'z biznesini kengaytirish, samaradorlikni oshirish hamda mintaqaviy va global darajadagi o'rinlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
2025-yil oxirida O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga o‘sishi prognoz qilindi
Surxondaryoda Rossiya kompaniyasining shourumi ochildi
Toshkentda O'zbekiston–O'mon ayol tadbirkorlari II biznes-forumi bo'lib o'tdi