"O'zbekneftgaz" London fond birjasida 850 million AQSh dollari miqdoridagi yevrobondlarni joylashtirdi
May 03, 2025. 11:09 • 45 soniya
• 111
LONDON, 3-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri o'rinbosari Xurshed Mustafayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyaning Londonga tashrifi doirasida "O'zbekneftgaz" AJning 5 yillik katta nominalli obligatsiyalarini chiqarishga erishildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Qimmatli qog'ozlar Buyuk Britaniya, AQSh, Yevropa, Osiyo davlatlarining yuqori reytingli investorlari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Natijada 1,9 milliard AQSh dollariga teng buyurtmalar jalb etildi. Yuqori talab evaziga emissiya hajmi rejadagidan ko'proq – 850 million AQSh dollarigacha oshirildi. Bu O'zbekiston tarixida yagona transh formatda amalga oshirilgan eng yirik obligatsiya emissiyasi bo'ldi.
Bitim "J.P. Morgan", "Standard Chartered Bank" kabi yetakchi moliyaviy institutlar va "O'zsanoatqurilishbank"ning hamkorligida amalga oshirildi.
Kompaniya obligatsiyalari London fond birjasining Xalqaro qimmatli qog'ozlar bozorida (ISM) ro'yxatdan o'tkaziladi.
Ushbu tarixiy voqea xalqaro investorlarning O'zbekiston iqtisodiyotiga va davlat kompaniyalariga bo'lgan yuksak ishonchini yana bir bor tasdiqlaydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
2025-yil oxirida O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga o‘sishi prognoz qilindi
Surxondaryoda Rossiya kompaniyasining shourumi ochildi
Toshkentda O'zbekiston–O'mon ayol tadbirkorlari II biznes-forumi bo'lib o'tdi