Mamlakatimizning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligida O'zbek tili bayrami nishonlandi
Oktabr 26, 2023. 17:24 • 2 daq
• 455
SANKT-PETERBURG, 26-oktyabr. /«Dunyo» AA/. O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktyabr –O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan mamlakatimizning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi binosida O'zbekiston yoshlar umumjahon assosiatsiyasining ushbu shahardagi vakillari bilan o'zaro hamkorlikda bayram tadbiri tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Unda Sankt-Peterburg davat universiteti prorektori Aleksandr Babich, prorektor o'rinbosari Aleksandr Xurshudyan, "Rossotrudnichestva"ning Toshkent shahridagi vakolatxonasi vakillari (onlayn tarzda), o'zbek milliy-madaniy tashkilotlari, vatandoshlarimiz hamda o'zbekistonlik talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirda O'zbekistonning madaniy, ilmiy va ma’naviy merosini, shuningdek, xalqimizning milliy tili, madaniyati va an’analarini keng targ'ib qilish, Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyatida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan o'zaro aloqalarni yanada mustahkamlash, mahalliy oliy ta’lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish rejalari yuzasidan atroflicha fikr yuritildi.
Tadbir vatandoshlarimiz hamda talabalarimiz tomonidan tayyorlangan she’rxonlik va kuy-qo'shiqlar dasturi namoyishi bilan davom etdi.
Tadbir doirasida Sankt-Peterburg davlat universiteti tomonidan har yili tashkil etiladigan O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida ikki tomonlaman aloqalarni o'z ichiga olgan ilmiy maqola tayyorlash bo'yicha o'tkazilgan tanlovlarda g'olib bo'lgan uch nafar o'zbekistonlik talabaga (Gulnora Dodaxonova Ulug'bek qizi, Alina Asqarova va Olga Shirokova) universitet prorektori Aleksandr Babich va Bosh konsul Alisher Boboyev faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alarini topshirishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
"Arda Xiva" turizm majmuasida "Gilamlar jilosi" xalqaro ko'rgazma-festivali bo'lib o'tdi
