Logo

Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi

Dekabr 18, 2025. 12:35 • 48 soniya

39
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi

LONDON, 18-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Tibbiy turizm assotsiatsiyasi delegatsiyasi Londonga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif davomida sohaga doir hamkorlik yuzasidan

Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligining Sog‘liqni saqlash bo‘yicha hamkorlik boshqarmasi hamda “Independent Health Providers Network” muassasasi bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.

Unda “Imperial College Healthcare Private Care”, “King Edward VIIs Hospital”, “Circle Health Group” muassasalarining taqdimoti namoyish etildi.

Shuningdek, “University College London Hospitals”, “Proton International London”, “HCA Healthcare UK”, “The London Clinic”, “Priory and London Psychiatry Clinic”, “Phoenix Hospital” “Cromwell Hospital”, “Chelsea Westminster Hospital Private Care” hamda “Cleveland Clinic London” kabi eng nufuzli tibbiyot muassasalariga sayyor tashriflar amalga oshirildi.

Muzokaralarda xorij tomoniga assotsiatsiya va uning faoliyati yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Uchrashuvlar yakunida tomonlar o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish, Britaniyadagi ilg‘or klinik innovatsiyalar yo‘nalishlarida hamkorlik qilish, mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish yuzasidan kelishuvlarga erishdi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish