Istanbul shahrida turkiy davlatlar parlamentlari rahbarlarining birinchi norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Aprel 18, 2026. 11:00 • 2 daq
• 169
ISTANBUL, 18-aprel. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston delegatsiyasi Istanbulda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar parlamentlari rahbarlarining birinchi norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra,Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, majlisda Senat raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi faol ishtirok etdi.
Uchrashuv chog‘ida Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida davlat rahbarlari o‘rtasida shakllangan samarali hamkorlik natijasida iqtisodiy rivojlanish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish hamda madaniy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan qator tashabbuslar amalga oshirilayotgani qayd qilindi.
Ishtirokchilar parlamentlarning ushbu jarayondagi o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, qonunchilik bazasini takomillashtirish, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini ta’minlash orqali hamkorlikni yanada kuchaytirishda parlamentlar muhim o‘rin tutayotgani hamda xalq vakillik organlari sifatida ushbu jarayonlarni rag‘batlantirish va barqaror taraqqiyotni ta’minlashda muhim institut sifatida namoyon bo‘layotgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston tomoni turkiy davlatlar o‘rtasida parlamentlararo muloqotni yanada rivojlantirish, qonunchilik faoliyatini muvofiqlashtirish, ta’lim, fan, madaniyat va iqtisodiy hamkorlik sohalarida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish hamda ilg‘or tajribalar bilan o‘zaro o‘rtoqlashishga tayyor ekanini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi