"Tandir Fest festivali doirasida OAV vakillari uchun Boysun tumani bo'ylab press-tur tashkil etildi
May 05, 2025. 18:55 • 2 daq
• 86
BOYSUN, 5-may. /Dunyo" AA/. Surxondaryo viloyatining betakror tabiati, boy tarixi va madaniy merosi bilan mashhur Boysun tumanida o'tkazilgan "Tandir Fest" festivali katta muvaffaqiyatga erishdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Turizm qo'mitasi va Surxondaryo viloyat hokimligi tomonidan o'tkazilgan "Tandir Fest" festivali doirasida O'zbekistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari va ommaviy kontent yaratuvchilar, shuningdek, blogerlar uchun Boysun tumani bo'ylab press-tur tashkil etildi.
Dasturning asosiy tadbirlaridan biri "Qizil kanyon" hududiga tashrif bo'ldi. Taxminan 30 kilometr uzunlikdagi bu sirli go'sha nafaqat o'zining g'ayrioddiy landshafti bilan, balki hali ilmiy tomondan puxta o'rganilmagan sirlarni o'z bag'riga saqlab kelmoqda. Bunday hodisalardan biri, o'chirilgan mashinani daraga tushishda qoldirilsa, haydovchi ishtirokisiz mashinaning qanday ko'tarilishini kuzatish mumkin. "Qizil kanyon" tabiati sirli va jozibali fenomenlarga qiziquvchilarni o'ziga faol jalb qilishi shubhasizdir.
Keyingi manzil Boysun tumanida joylashgan Xo'jamayxona ziyoratgohi bo'ldi. "Xo'jamayxona" shifobaxsh buloq suvi tabiiy minerallarga boyligi bilan shuhrat qozongan. Zilol suv yurak, qon-tomir, getatit kasalligi, buyrak va o't qopi toshlari, oshqozon yarasi kasalliklariga foyda beradi.
Jurnalistlar yana bir ajoyib manzil – "Tangisar" kanyoniga bordilar. Bu kanyondan uzoq vaqtlardan buyon bir necha ming yovvoyi kaptarlar makon topgan va shuning uchun bu joy "kaptarxona" deb nom olgan. Bir vaqtlar kanyon butunlay bo'sh bo'lgan, faqat juda ko'p sonli kaptarlargina bu yerni oshyon tutgan. Kaptarxona – tor daralar bo'ylab cho'zilgan egri so'qmoqdan iborat. Yo'l bo'ylab turli ko'rinishdagi va hajmdagi harsangtoshlar uchraydi. Maftunkor qoya toshlar ortida esa ajoyib tabiat manzaralar yashiringan.
Surxondaryo viloyati Turizm boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Dilmurod Xafizovning aytishicha, kaptarxona kanyonida har yili minglab yovvoyi kaptarlar uya quradi. Bu omil hududga o'ziga xos muhit va tabiiy uyg'unlikni baxsh etadi.
"Yo'lda katta toshlar va ko'plab so'qmoqlar mavjud bo'lib, ularning har biri ajoyib, go'zal manzaralarni taqdim etadi. Bu joy ekoturizm va piyoda yurishni xushko'ruvchi sayyohlar uchun ajoyib maskandir", dedi u.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Jenevadagi Millatlar saroyida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni o‘tkazildi
Jenevada “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti bo‘ldi
“Saodat” jurnalining bir asrlik yubiley bayrami nishonlandi