Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Avgust/2022   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Saudiya Arabistoni elchisini qabul qildi

TOSHKЕNT, 12 avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Saudiya Arabistoni elchisi Yusuf Al-Utaibini qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni munosabatlari rivojlanishining hozirgi holati va istiqbollari, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, shuningdek, yaqin kelajakda bir qator ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Tomonlar so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning faollashuvini, xususan, investitsiyaviy, energetika va savdo – iqtisodiy sohalarda hamkorlikning jadal kengayishini yuqori baholadi.

Asosan to‘qimachilik, meva-sabzavot, plastmassa va metall buyumlar o‘zaro yetkazib berish hisobiga joriy yil boshidan buyon o‘zaro savdo hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 baravar ko‘paygani qaid etildi. Savdo munosabatlarini chuqurlashtirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab, tomonlar tovarlar nomenklaturasini kengaytirish va tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga o‘zaro qiziqish bildirdi.

Shuningdek, investitsiyaviy hamkorlik sohasida erishilgan yutuqlar mamnuniyat bilan qayd etildi. Ayni paytda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Saudiya Arabistoni kapitali ishtirokidagi qo‘shma korxonalar soni 36 ga yetdi, qiymati 2,7 milliard dollar bo‘lgan 4 ta yirik investitsiya loyihasi hamda jami qiymati 287 million dollar bo‘lgan bir qator ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalar faol amalga oshirilmoqda. Investitsiyaviy sheriklikning yangi "o‘sish nuqtalarini" izlash va turli sohalarda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishga doir aniq takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha birgalikda ishlashga o‘zaro tayyorlik bildirildi.

Ikki davlatning biznes va hukumat doiralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari batafsil ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni jadal rivojlantirish, shuningdek, mavjud kelishuvlar ijrosini monitoring qilib borish maqsadida yaqin muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning poytax...

Mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ko‘magida bugun Toshkent shahar Chilonzor ...

Shanxayda O‘zbekiston mintaqalari va Chj...

O‘zbekistonning Shanxaydagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan XXSRK ning Chjetszyan provi...

Yilning ikkinchi yarmida Toshkentda savd...

Kecha investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Kudratov Ispan...

So`nggi yangiliklar