Uz / Ўз Ru En

Toshkent

03/Iyun/2020   Iqtisodiyot

Pekinda yangi temir yo‘l qurilishi loyihasi muhokama qilindi

PEKIN, 3-iyun. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy” temir yo‘l qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi amaliy chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi videokonferensiya tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri Shuhrat Umirov.



XXR 1-loyiha-qidiruv instituti vitse-prezidenti Chju Lichjen raisligida o‘tgan onlayn-muloqotda bugungi pandemiya sharoitida davlat chegaralari orqali temir yo‘l transportida yuklarni tashish tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvda temir yo‘l o‘tadigan dovonlarda tonnellar va ko‘priklar qurish, ulardan foydalanishda harakat xavfsizligining ta’minlanishi, elektr liniyalarini ulash, qurilishga sarmoya kiritish, temir yo‘lning aholi yashash punktlaridan o‘tadigan qismlari barpo etilishi va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, temir yo‘lni loyihalash va qurilish ishlarida qo‘llanilayotgan texnik standartlar, uni moliyalashtirish manbalari va boshqa muhim tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar kun tartibidagi masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflarni atroflicha o‘rganish va navbatdagi masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbirni izchil davom ettirishga kelishib oldi.

Mavzuga oid

Niderlandiya texnologiyasi asosidagi iss...

Qashqadaryo viloyati hokimligi vakillari Niderlandiyaning «BOM Group» kompaniyasi rahbariy...

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi o‘za...

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Um...

O‘zbekistondan malakali ishchilarni Yaqi...

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasida Yaqin Sharq va Yevropa davlatlarida rekruting faoliyati b...

So`nggi yangiliklar