O'zbekiston sayyohlik salohiyati Yaponiyaning ixtisoslashgan OAV diqqat markazida
May 06, 2025. 14:19 • 45 soniya
• 137
TOKIO, 6-may. /"Dunyo" AA/. Yaponiyaning turizm yo'nalishini yoritishga ixtisoslashgan "Travel Watch" elektron nashrida "O'zbekiston qanday mamlakat? Biz ko'k gumbazli mahobatli masjidlari bilan mashhur Markaziy Osiyo mamlakatiga safar qildik" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Yaponiyalik jurnalist Toshikazu Murakami qalamiga mansub mazkur maqolada muallif O'zbekistonga qilgan ijodiy safaridan olgan taassurotlarini qalamga olgan. Xususan, mamlakatimizning turistik salohiyati, boy madaniy merosi, turistlar uchun yaratilgan xavfsizlik va qulayliklar hamda o'zbek xalqining mehmondo'stligi alohida urg'ulangan.
Nashrda O'zbekiston tinch va barqaror muhitga ega ekani, yaponiyalik sayyohlar uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilgani ta'kidlangan. Muallif ta'kidiga ko'ra, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarimizdagi qadimiy obidalar, xususan, Ichan-qal'a va Pahlavon Mahmud maqbarasi islom me'morchiligining noyob durdonasi hisoblanadi.
"Mamlakatda diniy bag'rikenglik va erkinlik muhiti ta'minlangan. Mahalliy aholi nihoyatda mehmondo'st va ochiq ko'ngil", – deb yozgan muallif.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi