Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Dekabr 13, 2025. 12:50 • 30 soniya
• 124
OSLO, 13 dekabrь. /“Dunyo” AA/. O'zbekistonning Stokgolьm shahrida joylashgan elchixonasi diplomatlari Norvegiyada vaqtinchalik istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda mazkur mamlakatdagi o'zbek diasporasi bilan aloqalarni yanada rivojlantirish shuningdek, diasporamizning faol vakillari bilan eksport salohiyatini ilgari surish va mehnat migratsiyasini kengaytirish bo'yicha kelgusi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ochiq muloqot davomida hamyurtlarimiz tomonidan Norvegiyada, jumladan, “Vatandosh” jamg'armasini jalb qilgan holda, madaniy-ma'rifiy va turistik tadbirlarni birgalikda o'tkazish bo'yicha bir qator takliflar ilgari surildi.
Uchrashuv yakunida diplomatlarimiz tomonidan fuqarolarimizga sayyor konsullik-huquqiy xizmatlari ham ko'rsatildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga
Vatandoshlar bilan mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilindi
O‘zbekiston diplomatlari Kopengagenda vatandoshlar bilan uchrashdi