Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dotsenti Polshada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi
Fevral 01, 2024. 14:43 • 1 daq
• 368
VARSHAVA, 1-fevral. /"Dunyo" AA/. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro huquq fakulteti dotsenti Surayyo Usmonova Polshaning Leyn Kirkland grant dasturi doirasida Varshava universitetida ilmiy izlanishlari bo'yicha taqdimot o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Leyn Kirkland tadqiqot dasturida Armaniston, Ozarbayjan, Belarus, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Tojikiston, Ukraina va O'zbekistondan vakillar tanlov asosida ishtirok etishlari ko'zda tutilgan.
Bu yilgi dasturda ushbu davlatlardan 6 ta tadqiqotchi 2023-yilning oktyabrdan 2024-yilning yanvariga qadar Varshava universiteti, Vroslav universiteti va Krakovning Yagellon universitetlarida bo'ldilar.
O'zbekistondan tanlov asosda qabul qilingan Surayyo Usmonova «O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lishi jarayonida turizm xizmatlarini huquqiy tartibga solish» mavzusida o'z ilmiy izlanishini olib bordi. Tadqiqotga Polshaning Jahon savdo tashkilotidagi vakili, Vroslav universiteti professori Marek Vroblevskiy ilmiy rahbarlik qildi.
Varshava universitetida bo'lib o'tgan tadqiqot natijalariga bag'ishlangan ilmiy anjumanda Leyn Kirkland dasturi vakillari, "Polsha-Amerika" ozodlik jamg'armasi a'zolari, Varshava universiteti professor-o'qituvchilari hamda yosh tadqiqotchilar va talabalar qatnashdi.
Surayyo Usmonova tadqiqot ishini munosib himoya qildi. Taqdimot chog'ida O'zbekistonning turizm imkoniyatlari, mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish bo'yicha ko'rayotgan chora-tadbirlari va uning istiqbollari xususida batafsil ma'lumot berildi. O'zbekiston vakilasining ilmiy ishi ishtirokchilarning yuqori qiziqishiga sabab bo'ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi