Logo

Misrda O'zbekistonlik talabalar uyushmasi tashkil etilishi mumkin

Aprel 16, 2025. 15:09 • 38 soniya

248
Misrda O'zbekistonlik talabalar uyushmasi tashkil etilishi mumkin

QOHIRA, 16-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi diplomatlari Al-Azhar universitetida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda bir qator muhim tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, Al-Azhar universitetida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalarning manfaatlarini himoya qilish, ularning huquq va imkoniyatlarini mustahkamlash hamda talabalarning o'zaro birdamligini kuchaytirish maqsadida O'zbekistonlik talabalar uyushmasini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Muloqot chog'ida talabalar kun tartibidagi dolzarb muammolar, ta'lim jarayonidagi qiyinchiliklar, turli maishiy masalalar, hujjatlar bilan bog'liq ishlar va boshqa masalalar xususida fikr almashildi. Shuningdek, elchixona, universitet rahbariyati va talabalar o'rtasida doimiy aloqalarini mustahkamlash, talabalar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy, ma'naviy va ilmiy faolligini rag'batlantirish yuzasidan kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida talabalar uyushmasi faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar belgilandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish