Misrda tahsil olayotgan vatandoshlar o'rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi
Iyul 23, 2025. 11:44 • 42 soniya
• 70
QOHIRA, 23-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Misr oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan vatandoshlar o'rtasida futbol musobaqasi o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

13-iyul kuni boshlangan turnirda yosh vatandoshlardan tuzilgan jamoalar o'zaro bellashdi. 20-iyul kuni musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda "Azxar" jamoasi g'alaba qozondi va chempionlikni tantana qildi.
Ta'kidlash joizki, "Azxar" jamoasi futbolchilarining butun turnir davomida ko'rsatgan o'yini va yuksak mahorati muxlislar hamda mutaxassislar tomonidan e'tirof etildi.
Turnir yakunida g'olib jamoaga esdalik sovg'alari va diplom topshirildi.
Yurtimiz elchixonasi tashabbusi bilan o'tkazilgan mazkur turnir O'zbekiston yoshlarini Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
Ishtirokchilarga ko'ra, bu kabi sport tadbirlari yosh avlodni sog'lom va faol hayot tarziga undaydi, vatanparvarlik tuyg'usini mustahkamlaydi, shuningdek, xorijdagi yurtdoshlarimiz o'rtasidagi birdamlikni mustahkamlashga hissa qo'shadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga