O‘zbekiston Prezidenti “Evyap Holding” kompaniyasi boshqaruv kengashi a’zosini qabul qildi
Oktabr 30, 2026. 07:50 • 58 soniya
• 56
TOSHKЕNT, 29-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqarada “Evyap Holding” kompaniyasi boshqaruv kengashi a’zosi O‘mer Evyapni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida kompaniya rahbari Yangi O‘zbekistonda turk kompaniyalari uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoit va taqdim etilayotgan keng imtiyozlar tufayli ularning soni yil sayin o‘sib borayotganini qayd etdi.
“Evyap Holding” kompaniyasi shaxsiy gigiyena va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi boy tajribasidan kelib chiqib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligi bildirildi.
Uchrashuvda “OSTIM Global” O‘zbekiston – Turkiya sanoat zonasida yo‘lga qo‘yilayotgan yangi loyihani jadallashtirishga kelishib olindi. Shuningdek, ishlab chiqarish uchun zarur xomashyoni mahalliylashtirish imkoniyati atroflicha ko‘rib chiqildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi