O'mon O'zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi
Iyul 01, 2024. 16:44 • 56 soniya
• 5591
TOSHKENT, 1-iyul. /"Dunyo" AA/. O'mon O'zbekiston fuqarolariga mamlakatga 14 kun davomida vizasiz bo'lib turish tartibini joriy qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bu haqda O'monning O'zbekistondagi elchixonasi ma'lum qildi.
Shu bilan birga, mamlakatda mazkur muddatdan ko'proq vaqt mobaynida bo'lishni istagan o'zbekistonliklar O'monga kirish paytida aeroportning o'zida kirish vizasini rasmiylashtirishlari mumkin.
Qayd etish kerakki, O'zbekiston Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq, 2021-yil 1-martdan boshlab O'mon fuqarolari uchun O'zbekiston hududiga 10 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilingan.
Eslatib o'tamiz, 26-27-iyun kunlari O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov tashrif bilan O'monda bo'ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari AQSH delegatsiyasi bilan uchrashdi

O'zbekiston va Bahrayn tashqi ishlar vazirlari Diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish to'g'risidagi bitimni imzoladilar

O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari va Jazoir elchisi joriy yilda turli darajadagi ikki tomonlama tadbirlarni o'tkazish rejalarini muhokama qildilar

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Qirg'iziston Prezidenti tomonidan qabul qilindi
