Logo

O'zbekiston diplomatlari ko'magida Rossiyada ota-ona qaramog'isiz qolib ketgan bolalar vatanga qaytarildi

Aprel 08, 2025. 11:14 • 24 soniya

144
O'zbekiston diplomatlari ko'magida Rossiyada ota-ona qaramog'isiz qolib ketgan bolalar vatanga qaytarildi

SANKT-PETERBURG, 8-aprel /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ko'magida, Rossiyada ota-ona qaramog'isiz qolib ketgan 16 nafar voyaga yetmagan yurtdoshimiz O'zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ularning ota-onalari Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgani sababli O'zbekistonga deportatsiya qilish uchun Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirgan. Bolalar esa yaqinlari, mehribonlik uylari va boshqa muassasalarga topshirilgan.

Yurtimiz diplomatlari O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamrohligida bolalarni Vatanga qaytishlarini ta'minladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish