O'zbekiston diplomatlari Saudiya Arabistonida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan muloqot qildilar
Iyun 22, 2025. 11:24 • 51 soniya
• 61
JIDDA, 22-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Madina Islom universitetida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan muloqot qildilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Talabalarga Yangi O'zbekistonda hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, jumladan, jamiyatimiz va butun mamlakatimiz taraqqiyoti uchun ustuvor ahamiyatga ega bo'lgan umumdavlat dasturlari haqida batafsil ma'lumot berildi. Xususan, vijdon erkinligi, shaffoflik va bag'rikenglikni ta'minlashga qaratilgan davlatimiz siyosatiga alohida e'tibor qaratildi.
Mamlakatimizda tashkil etilgan diniy-ma'rifiy ta'lim muassasalari, jumladan, O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy tadqiqotlar markazi, Hadis ilmi maktabi hamda Xalqaro islom akademiyasi faoliyati haqida so'zlab berildi. Talabalarga o'qishni tamomlaganlaridan so'ng o'z mutaxassisliklari bo'yicha ushbu markazlarda faoliyat yuritishlari mumkinligi ta'kidlandi.
Suhbat chog'ida, shuningdek, Bosh konsulxona tomonidan taqdim etilayotgan konsullik xizmatlari to'g'risida to'xtalib o'tildi. Jumladan, Madina islom universitetiga yangi o'qishga kelgan talabalar vaqtincha konsullik ro'yxatida turishlari mumkinligi ma'lum qilindi.
Bundan tashqari, mahalliy davlatning qonun-qoidalariga rioya etish, milliy qadriyatlarimizga yot bo'lgan g'oyalar ortidan ergashmaslik bo'yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
Muloqot yakunida vatandosh talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga diplomatlardan batafsil javob oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi