Logo

Shanxayda Xitoydagi vatandoshlar o'rtasida futbol musobaqasi o'tkazildi

May 21, 2025. 11:07 • 42 soniya

59
Shanxayda Xitoydagi vatandoshlar o'rtasida futbol musobaqasi o'tkazildi

SHANXAY, 21-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Shanxay shahrida vatandoshlar o'rtasida futbol bo'yicha "Bosh konsulxona kubogi" turniri o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Musobaqada Xitoyning Shanxay shahri, Chjeszyan, Anxoy va Szzyansu provinsiyalaridagi oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan hamda ushbu hududlarda vaqtincha ishlayotgan vatandoshlardan tuzilgan jamoalar o'zaro bellashdi.


Do'stona ruhda o'tgan musobaqa yakuniga g'olib jamoaga "Bosh konsulxona kubogi" tantanali ravishda topshirildi.


Shundan so'ng, hamyurtlarimiz uchun o'zbekona dasturxon yozilib, suhbat bir piyola choy ustida davom ettirildi.


Muloqot chog'ida O'zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, so'nggi yillarda mamlakatimizda erishilayotgan natijalar va yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma'lumot berildi.


Ishtirokchilar bu kabi sport tadbirlarini muntazam ravishda tashkil etish xorijda bo'lib turgan vatandoshlarni birlashtirishga xizmat qilishini ta'kidladilar.


Shuningdek, ular o'zlarini qiziqtirgan konsullik-huquqiy masalalarga oid savollariga diplomatlardan javob oldilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish