Toshkentda “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining final bahslari bo‘lib o‘tdi
Oktabr 30, 2026. 19:50 • 2 daq
• 3TOSHKЕNT, 30-oktabr. /“Dunyo” AA/. Bugun poytaxtimizdagi “Zakovat Arena”da V “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining hal qiluvchi final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Bu yil rekord darajadagi — 5831 nafar ishtirokchini birlashtirgan musobaqa beshinchi bor tashkil etildi. Turnirda mamlakatimizning barcha hududlaridan havaskor va professional shaxmatchilar g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Musobaqaning saralash bosqichi ilk bor hududiy va onlayn shaklda tashkil etilib, ishtirokchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi. Final bahslarida mamlakatimizning yetakchi shaxmatchilari — Jahongir Vohidov, Muhammadzohid Suyarov, Humoyun Begmurotov, Afruza Hamdamova kabi terma jamoamiz a’zolari ham ishtirok etdi.
Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 620 million so‘mni tashkil etdi. Har bir guruhda birinchi o‘rin sohibi uchun 50 million, ikkinchi o‘rin uchun 30 million, uchinchi o‘rin uchun 20 million so‘m ajratildi. Shu bilan birga, ayol shaxmatchilar o‘rtasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchi uchun 20 million so‘mdan, eng yosh va eng yoshi katta ishtirokchilar uchun esa 10 million so‘mdan maxsus mukofot belgilandi.
Musobaqaning faxriy mehmonlari — vengriyalik grossmeyster Peter Leko va hindistonlik grossmeyster Hampi Koneru ishtirokida yosh shaxmatchilar uchun master-klasslar o‘tkazildi.
Ikki kun davom etgan final bellashuvlari yakunida turnirning barcha guruhlari g‘oliblari aniqlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

