Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida mushkul ahvolda qolgan oila O'zbekistonga qaytarildi
Dekabr 12, 2024. 11:31 • 49 soniya
• 817
YEKATERINBURG, 11-dekabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi xodimlari ko'magida Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida mushkul ahvolda qolgan bir oilaning besh nafar a'zosi O'zbekistonga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimizning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Farg'ona viloyatida tug'ilgan yurtdoshimiz X.R. farzandlari bilan og'ir moliyaviy ahvolda qolganligi sababli amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.
Ma'lum bo'lishicha, X.R. joriy yilning sentyabr oyida turmush o'rtog'i va to'rt nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan vaqtincha ishlash maqsadida Sverdlovsk viloyatiga kelgan.
Oila boquvchisi sifatida uning turmush o'rtog'i Sverdlovsk viloyati Beloyarsk tumanida yakka tartibda qurilish firmalarida yollanma ishchi bo'lib ishlagan. Sverdlovsk viloyati huquq tartibot idoralari tomonidan o'tkazilgan reyd tadbiri davomida oila boquvchisi Rossiyada bo'lish qoidasini buzganligi sababli qo'lga olinadi va unga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.
O'rganishlar natijasida R.X.ning turmush o'rtog'i vaqtincha ishlagan qurilish firmasida bir oylik ish haqi to'lanmagani aniqlandi va u ish beruvchidan olib berildi. Shuningdek, hamyurtimizga va uning to'rt nafar voyaga yetmagan farzandlariga "Yekaterinburg-Toshkent" aviareysiga chipta sotib olindi.
Vatandoshlarimiz 10-dekabr kuni Yekaterinburg shahridagi "Kolsovo" xalqaro aeroportidan O'zbekistonga kuzatib quyildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Britaniyada o‘zbek talabalari o‘rtasida “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri o‘tkazildi
Og‘ir ahvolga tushib qolgan hamyurtlar vatanga qaytarildi
O‘zbekistonlik talaba xalqaro tanlov sovrindori bo‘ldi
Italiyada ilk bor “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi
Turkiyadagi yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi