Litva korxonalari bilan 200 nafar O'zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish to'g'risida kelishuvga erishildi
Sentabr 23, 2024. 10:02 • 46 soniya
• 508
VILNYUS, 23-sentabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Litvaning "WorldHalal trust" hamda "FA Solutions" kompaniyalari rahbariyati o'rtasida muzokaralar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda Litva kompaniyalariga O'zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida 200 nafar vatandoshimizni Litva korxonalariga ishga qabul qilish to'g'risida kelishuvga erishildi.
Tomonlar o'rtasida tuzilgan kelishuvga ko'ra, O'zbekiston fuqarolari go'sht mahsulotlarini ishlab chiqarish, qadoqlash va qayta ishlash korxonalarida ish bilan ta'minlanadilar.
Litvada ish bilan ta'minlanadigan O'zbekiston fuqarolarining 50 kishidan iborat birinchi guruhi shu yil noyabr oyida Vilnyus shahriga jo'natilishi rejalashtirilmoqda.
"WorldHalal trust" – Litva, Gretsiya, Buyuk Britaniya, Qozog'iston, O'zbekiston, Mo'g'uliston, Belarus, Rossiya, Turkiya va Xitoyda joylashgan halol sertifikatlash sohasida ko'p yillik tajribaga ega kompaniya hisoblanadi. Kompaniyaning asosiy faoliyati go'sht, sut, gigiyena va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni sertifikatlashdan iborat. Korxona yirik fermer xo'jaliklari, qoramol va parranda go'shtini qayta ishlash quvvatlariga ega.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Britaniyada o‘zbek talabalari o‘rtasida “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri o‘tkazildi
Og‘ir ahvolga tushib qolgan hamyurtlar vatanga qaytarildi
O‘zbekistonlik talaba xalqaro tanlov sovrindori bo‘ldi
Italiyada ilk bor “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi
Turkiyadagi yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi