Sankt-Peterburgda ota-onasi va qonuniy vakillari mavjud bo'lmagan mamlakatimizning 14 nafar voyaga yetmagan fuqarosi Vatanga qaytarildi
Sentabr 07, 2024. 12:51 • 38 soniya
• 939
SANKT-PETERBURG, 8-sentabr. /"Dunyo" AA/. Bosh konsulxona vakillari tomonidan mamlakatimiz Ichki ishlar va Sog'liqni saqlash vazirliklari hamda Sankt-Peterburgdagi voyaga yetmaganlarni vaqtincha parvarishlash va saqlash muassasasining mas'ul xodimlari bilan hamkorlikda ota-onasi va qonuniy vakillari mavjud bo'lmagan, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj 14 nafar O'zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Aksariyat bolalarning ota-onalari muqaddam Rossiya hududida bo'lish tartibini buzganligi sababli mamlakatdan chiqarib yuborilgan. Bosh konsulxonada ular uchun Vatanga qaytish guvohnomalari rasmiylashtirildi va O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlariga topshirildi.
Sankt-Peterburg davlat byudjet tashkiloti yetim bolalar va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni saqlash markaziga o'zbekistonlik bolalarga ko'rsatgan g'amxo'rligi va yaqindan hamkorligi uchun alohida minnatdorlik bildirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi