Logo

O'zbekiston diplomatlari Yaponiyaning yirik kompaniyasi loyihalarida ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdilar

Aprel 12, 2024. 07:56 • 31 soniya

236
O'zbekiston diplomatlari Yaponiyaning yirik kompaniyasi loyihalarida ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdilar

TOKIO, 12-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi xodimlari Yaponiyaning "Shimizu" qurilish kompaniyasining qurilish loyihalarida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.



Muloqot chog'ida vatandoshlar davlatimiz tomonidan xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni ijtimoiy, huquqiy, moddiy va ma’naviy qo'llab-quvvatlash hamda xavfsiz mehnat migratsiyasini ta’minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, O'zbekiston Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan tegishli farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati bilan tanishdilar.

Uchrashuvda, shuningdek, ikki davlat o'rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik, diplomatik vakolatxona tomonidan mehnat migrantlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish