Logo

Buyuk Britaniyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlik qilinadi

Noyabr 06, 2025. 11:31 • 48 soniya

52
Buyuk Britaniyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlik qilinadi

LONDON, 6-noyabr. /"Dunyo" AA/. Londonda London South Bank University universitetining xalqaro hamkorlik masalalari bo'yicha prorektori Styuart Bannerman bilan uchrashuv o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda ta'lim, fan va innovatsiyalar sohasida qo'shma loyihalarni amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar va malaka oshirish yo'nalishlarida o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur ta'lim oliy ta'lim muassasasi 1892-yilda tashkil etilgan. Hozirda unda 18 ming nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. O'quv dargohida 1,7 ming nafar professor-o'qituvchi faoliyat yuritadi. Talabalar can'at, sanoat, qurilish, arxitektura, biznes boshqaruvi, muhandislik, huquq, amaliy va ijtimoiy fanlar hamda sog'liqni saqlash yo'nalishida saboq olishadi.

Styuart Bannerman bilan suhbat jarayonida O'zbekiston va

Buyuk Britaniya o'rtasida ilm-fan va ta'lim sohasida hamkorlikni kengaytirish, o'zaro tajriba almashish xususida ham fikr-mulohaza bildirildi.

Shuningdek, suhbatdosh O'zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari bilan tibbiyot va ekologiya yo'nalishlarida ham turli loyihalarni amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilayotgani haqida ham ma'lumot berdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish