O'zbekiston aviakompaniyasi "Toshkent-Islomobod-Toshkent" yo'nalishidagi parvozlar sonini oshiradi
Sentabr 10, 2025. 11:24 • 2 daq
• 76
ISLOMOBOD, 10-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Shu yil 28-oktyabrdan boshlab "Uzbekistan Airways" aksionerlik jamiyati "Toshkent-Islomobod-Toshkent" yo'nalishidagi muntazam avia parvozlar sonini haftasiga ikkitaga yetkazadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ta'kidlash joizki, so'nggi yillarda O'zbekiston va Pokiston o'rtasidagi do'stona aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. Bu jarayonda transport va logistika sohalari, jumladan, havo qatnovlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatlarimiz o'rtasidagi bog'liqlikni yana-da chuqurlashtirish, iqtisodiy diplomatiya va turistik hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan yana bir qadam tashlanmoqda.
2025-yil 28-oktyabrdan boshlab "Uzbekistan Airways" AJning "Toshkent-Islomobod-Toshkent" yo'nalishidagi muntazam parvozlar soni haftasiga ikkitaga yetkaziladi.
Ayni paytda "Uzbekistan Airways" AJ "Toshkent-Lahor-Toshkent" yo'nalishida haftasiga ikki marta (chorshanba va juma kunlari), "Toshkent-Islomobod-Toshkent" yo'nalishida esa haftasiga bir marta –shanba kuni parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.
Barcha yo'nalishlarda havo kemalari yo'lovchilar bilan to'la holda uchmoqda, aviachiptalar esa reysdan bir necha kun oldin to'liq sotilyapti. Shu bois, yo'lovchilar talabini qondirish hamda mamlakatlar o'rtasida transport aloqalarini yana-da rivojlantirish maqsadida parvozlar soni oshirilyapti.
Yangi reyslar O'zbekiston va Pokiston o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar, ishbilarmonlar hamkorligi hamda o'zaro tashriflarning yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi.
Parvozlar sonining oshishi yo'lovchilarga qulaylik yaratibgina qolmay, balki ikki qardosh xalq o'rtasida madaniy va gumanitar hamkorlikni kuchaytirishga hissa qo'shadi.
Parvozlar sonining ko'paytirilayotgani O'zbekiston va Pokiston uchun strategik ahamiyatga ega qadam hisoblanib, ikki mamlakat o'rtasidagi do'stona munosabatlarning yangi bosqichga ko'tarilishida muhim omil bo'ladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi