Buyuk Britaniyaning yetakchi universiteti bilan hamshiralik ishi yo'nalishida qo'shma ta'lim dasturi joriy etiladi
Oktabr 23, 2025. 18:58 • 44 soniya
• 58
LONDON, 30-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida "London Saut Bank" universiteti va O'zbekiston hamshiralar akademiyasi rahbariyati o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida "London Saut Bank" universiteti va Hamshiralar akademiyasi o'rtasida hamshiralik faoliyati yuzasidan o'quv dasturlarini joriy etish hamda o'qituvchi-professorlar uchun malaka oshirish kurslari bo'yicha hamkorliklarni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.
Xorijiy tomonga Hamshiralar akademiyasi faoliyati to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.
Muzokaralar yakunida kelgusida Hamshiralar akademiyasi va "London Saut Bank" universiteti o'rtasida hamkorlik aloqalarini joriy etishga kelishib olindi.
"London Saut Bank" universiteti 1892-yilda tashkil etiligan. Hozirda unda 18 ming nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. Muassasada 1,7 ming nafar professor-o'qituvchilar faoliyat yuritadi. Universitetda amaliy fanlar, qurilish va arxitektura, biznes boshqaruvi, muhandislik, huquq va ijtimoiy fanlar hamda sog'liqni saqlash yo'nalishlarida ta'lim beriladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi