Toshkent davlat yuridik universitetiga Londondagi nufuzli universitet tomonidan kitoblar to'plami taqdim etildi
Noyabr 07, 2025. 10:31 • 35 soniya
• 33
LONDON, 7-noyabr. /"Dunyo" AA/. Londonning Brunel universiteti tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetiga (TDYUU) huquqshunoslik yo'nalishidagi kitoblar to'plami topshirildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu adabiyotlar to'plami huquqshunoslik yo'nalishlarining xalqaro huquq, YI huquqi, xalqaro xususiy huquq, inson huquqlari, konstitutsiyaviy va ma'muriy huquq, atrof-muhit huquqi, shuningdek, zamonaviy huquqiy tadqiqot metodologiyasi hamda yuridik etika sohalariga oid ilg'or nashrlar, ilmiy monografiyalar va darsliklarni o'z ichiga oladi.
Taqdim etilgan kitoblar TDYUUning talabalari, magistrlar va ilmiy xodimlari uchun muhim ilmiy manba bo'lib, kelgusida ularning huquqiy bilimlarini chuqurlashtirish hamda yosh huquqshunoslarning kasbiy salohiyatini oshirishga hamda ikki universitet o'rtasidagi hamkorlik munosabatlarining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi