Buyuk Britaniyadagi nufuzli diplomatik ta'lim muassasasi bilan hamkorlik yo'lga qo'yiladi
Sentabr 19, 2025. 11:29 • 41 soniya
• 89
LONDON, 19-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniyaning "Global Diplomatic Forum" tashkiloti asoschisi va rahbari Yunus el-Gazi bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Uchrashuv avvalida Yunus el-Gazi "Global Diplomatic Forum"ning shakllanishi va tashkilotning asosiy vazifalari to'g'risida so'zlab berdi. U, shuningdek, so'nggi yillarda O'zbekiston ta'lim tizimida amalga oshirilgan samarali islohotlarni yuksak baholadi.
Muloqot yakunida, GDF bilan diplomatlar malakasi va ko'nikmalarini oshirish, ular uchun mo'ljallangan o'quv dasturlarini birgalikda uyushtirish bo'yicha ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yishga kelishib olindi.
"Global Diplomatic Forum – GDF" Londonda ta'sis etilgan.
Tashkilotning asosiy faoliyati diplomatlar, mutaxassislar hamda sohaga qiziqish bildirgan talabalar uchun davra suhbatlari, treninglar, diplomatik etiket, protokol va marosimlarga bag'ishlangan kurslarni o'tkazishga qaratilgan. Hozirgi kunga qadar mazkur kurslarni 75 ta mamlakatdan kelgan ikki mingdan ziyod tinglovchi tamomlagan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi