O'zbekiston kasbiy ta'lim sohasida Buyuk Britaniya tajribasini o'rganmoqda
Sentabr 22, 2025. 12:00 • 42 soniya
• 62
LONDON, 22-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Buyuk Britaniyaga tashrifi davomida "Uxbridge College" akademiyasida bo'ldi, deb xabar berdi "Dunyo" AA muxbiri.

Akademiya rahbariyati bilan kechgan muloqot chog'ida Britaniya professional ta'lim tizimi tajribasini O'zbekistonda joriy etish masalalari ko'rib chiqildi.
Tomonlar O'zbekiston yoshlar uchun Britaniya standartlari asosida yurtimizda qisqa va uzoq muddatli ta'lim dasturlarini tashkil etish to'g'risida kelishib oldilar. Buning uchun mamlakatimizga Britaniyadan bir qator mutaxassisliklar bo'yicha maxsus kasb o'qituvchilari va ustalari jalb qilinadi.
"Uxbridge College" London shahridagi eng yirik ta'lim muassasalaridan biri bo'lib, bu yerda 18 mingdan ortiq talaba ta'lim oladi. Kollej yuqori talabga ega qurilish, muhandislik, payvandlash, santexnik, temirchilik, tibbiyot, turizm, dizayn, IT va bemorlarni parvarishlash yo'nalishlari bo'yicha til kurslaridan tortib kasbga tayyorlashgacha bo'lgan dasturlarni taklif etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi