O‘zbekiston diplomatlari Vladivostokda qiyin ahvolga tushib qolgan oilaning vatanga qaytishiga yordam berdi

Iyul 28, 2026. 08:10 • 45 soniya

144
O‘zbekiston diplomatlari Vladivostokda qiyin ahvolga tushib qolgan oilaning vatanga qaytishiga yordam berdi

VLADIVOSTOK, 28-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari vatandoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur konsullik-huquqiy xizmatlar hamda migratsiya jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Jumladan, Vladivostokda og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan A.L., uning turmush o‘rtog‘i K.B. va ularning uch nafar voyaga yetmagan farzandi 25-iyul kuni O‘zbekiston Migratsiya agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vladivostok–Yekaterinburg–Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan vatanga qaytarildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish