Minsk viloyatidagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy maslahatlar berildi

Noyabr 29, 2026. 11:40 • 1 daq

• 116
Minsk viloyatidagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy maslahatlar berildi

MINSK, 29-noyabr. /“Dunyo” AA/. 27-noyabr kuni O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi konsuli, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktorining birinchi o‘rinbosari va Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) devoni vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Minsk viloyatida joylashgan 1-sonli tergov hibsxonasiga bordi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif davomida ushbu muassasada saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarining saqlash sharoitlari o‘rganildi.

Xususan, vatandoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, hamyurtlarga o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar yuzasidan tushuntirishlar va zarur yuridik maslahatlar berildi. Shu bilan birga, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.

Mazkur tadbir xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga o‘z vaqtida konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan izchil ishlar doirasida o‘tkazildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish