Novosibirskda og‘ir ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlik oila vatanga qaytarildi
Oktabr 14, 2026. 15:30 • 58 soniya
• 199
NOVOSIBIRSK, 14-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarimiz oilasini yurtimizga qaytarish bo‘yicha navbatdagi amaliy choralar ko‘rildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Aniqlanishicha, ota-onaning Rossiya migratsiya qonunchiligi talablarini buzgani sababli ularning 6 yashar o‘g‘li va 12 yoshli qizi Novosibirsk shahridagi ikkita reabilitatsiya markaziga vaqtincha vasiylikka olingan.
Bosh konsulxona diplomatlari tomonidan tezkor va tizimli harakatlar amalga oshirilib, zarur hujjatlar — vatanga qaytish guvohnomalari qisqa muddatda rasmiylashtirildi. Shuningdek, Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi hamda reabilitatsiya markazlari rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida bolalar diplomatlar hamrohligida Novosibirsk xalqaro aeroportiga olib kelindi va u yerda ota-onasiga topshirildi.
Ushbu oila 13-oktabr kuni “Novosibirsk – Farg‘ona” yo‘nalishi bo‘yicha vatanga qaytarildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi