"Vatanga qaytarish" xayriya aksiyasi: Latviyada mushkul ahvolda qolgan vatandoshimiz oilasi bag'riga sog'-salomat qaytdi
Avgust 12, 2025. 14:42 • 37 soniya
• 77
RIGA, 12-avgust. /"Dunyo" AA/. Latviyada og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshimiz O'zbekiston elchixonasi ko'magida oilasi bag'riga qaytarildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan, Riga shahriga pul topish maqsadida kelgan K.F. sog'lig'i bilan bog'liq muammolarga duch keladi va ishsiz qoladi. Shu munosabat bilan u elchixonaga O'zbekistonga qaytishida amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.
Diplomatlar Latviya Migratsiya xizmati xodimlari bilan muzokaralar o'tkazdi va vatandoshimizning O'zbekistonga qaytishi bilan bog'liq hujjatlarni tayyorlashda amaliy yordam ko'rsatdi. Elchixona va Xalqaro migratsiya tashkilotining Rigadagi vakolatxonasi ko'magida hamyurtimiz vaqtincha turar joy bilan ta'minlandi. Shuningdek, uning Vatanga qaytishi uchun aviachipta sotib olib berildi.
Vatandoshimiz 8 avgust kuni Rigadan O'zbekistonga "Uzbekistan Airways" aviareysida kuzatib qo'yildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi