O'zbekiston hududlari va Rossiyaning Irkutsk viloyati turoperatorlari sayyohlar almashinuvini ko'paytirishga kelishib oldilar
May 01, 2025. 10:13 • 59 soniya
• 66
NOVOSIBIRSK, 1-may. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan O'zbekiston va Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi sayyohlik kompaniyalari vakillari o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Irkutsk viloyati Savdo-sanoat palatasi, turizm agentligi rahbarlari, hududdagi yetakchi turoperatorlar, shuningdek, O'zbekiston Turizm qo'mitasi mas'ul xodimlari, "Another travel", "Aspantur", "Xorazm tour and travels", "Central Asia Travel", "People travel", "Sacvoyage", "Mazzali travel" kabi yetakchi milliy turfirmalar vakillari ishtirok etdi.
Muloqot davomida rossiyaliklar bugungi kunda O'zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni bo'yicha to'rtinchi o'rinni egallagani qayd etildi. Mamlakatimizga xususan, Namanganga Rossiyaning "Ural havo yo'llari" va "Uzbekistan airways" AJ tomonidan Irkutsk shahriga to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnov yo'lga qo'yilgani O'zbekistonga sayohat qilish istagida bo'lganlarning safarini yaqin qilmoqda.
O'zbekiston Bosh konsuli Aslam Akbarov o'z ma'ruzasida yurtimizning tarixiy merosi va turizm bo'yicha imkoniyatlariga to'xtaldi hamda tomonlarni ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va sayyohlar alshinuvini oshirishga chaqirdi.
Irkutsk turoperatorlari va kompaniyalari vakillari hudud aholisi O'zbekistonning etno, gastronomik, ziyorat, avtomoto va boshqa ko'plab sayyohlik yo'nalishlariga yuqori qiziqish bildirayotganini ta'kidladi.
Veb-uchrashuv yakunida shu yilning may oyida Irkutskda O'zbekistonning turistik salohiyatiga bag'ishlangan "Road show" tadbirini tashkil etish va mamlakatimiz hududlarida "Irkutsk viloyati kunlari"ni o'tkazish taklifi qo'llab-quvvatlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada o‘zbek madaniyati va turizm imkoniyatlari namoyish qilindi
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi