Namangan viloyati delegatsiyasi xitoylik ishbilarmonlar bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishdi
Dekabr 17, 2025. 18:37 • 2 daq
• 101SUCHJOU, 17-dekabr. /“Dunyo” AA/. Xitoy Xalq Respublikasining Suchjou shahrida tashkil etilgan “O‘zbekiston turizmi Xitoyda” nomli xalqaro forumda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Botir Nuritdinov boshchiligidagi delegatsiya ham qatnashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Avval xabar berganimizdek, Namangan viloyati hokimligi delegatsiyasi Xitoyda bo‘lib, turli yo‘nalishlarda uchrashuvlar o‘tkazib, ko‘plab shartnoma va kelishuvlarga erishmoqda.
Tashrifning ikkinchi kuni vakillarimiz Suchjou shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston turizmi Xitoyda” nomli xalqaro forumda ishtirok etdi. Forum davomida turizm sohasini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilariga Namangan viloyatining investitsion salohiyati, turistik imkoniyatlari va hududda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar taqdim etildi.
Xitoy ishbilarmon doiralari hamda turizm sohasi vakillari 2026-yilda Namangan viloyatida o‘tkaziladigan 65-xalqaro “Gullar festivali”ga taklif etildi.
Forum doirasida turizm sohasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan memorandum imzolandi. Jumladan, “Communication Department of Suzhou Heping International Travel Agency Co., Ltd.” kompaniyasining Xalqaro aloqalar departamenti bosh menejeri Xu Li xonim bilan ikki hudud o‘rtasida turistik oqimni oshirish hamda Namangan viloyatiga sayyohlarni jalb etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tadbir doirasida viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Nuritdinov Namangan viloyatining turizm imkoniyatlari va investitsiya salohiyatiga bag‘ishlangan maxsus taqdimot o‘tkazdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi




