"Travel&Leisure" jurnali: O'zbekiston dunyo turizmi markazida
Aprel 19, 2025. 10:33 • 59 soniya
• 99
PEKIN, 19-aprel. /"Dunyo" AA/. Xitoyning yetakchi "Travel&Leisure" sayyohlik jurnalining bosma nashrida O'zbekistonning turizm salohiyatiga bag'ishlangan keng maqola chop etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Maqola muallifi xitoylik sayyohlarni O'zbekistonning Toshkent, Samarqand va Buxoro kabi shaharlarida joylashgan go'zal va betakror tarixiy obidalari va madaniy yodgorliklari bilan yaqindan tanishishga taklif qilmoqda.
"O'zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining yuragida joylashgan, – deb yozgan nashr. – Ming yillar davomida qadimiy Ipak yo'lida joylashgan ushbu shaharlar bugungi kunga qadar o'zining uzoq tarixi va bebaho madaniy merosini saqlab kelmoqda".
2700 yildan ortiq tarixga ega Samarqand shahri Ipak yo'lining muhim savdo markazi bo'lgan. O'zida zamonaviylik va o'tmishni mujassam etgan ushbu shahar bugungi kunda ham muhim xalqaro voqealarning markazi bo'lib qolmoqda.
Xitoy bosma nashriga ko'ra, Buxoro 2500 yildan ko'p tarixga ega bo'lgan qadimiy shahardir. Bu yerning me'moriy inshootlari o'zining ulug'vorligi bilan ajralib turadi. Buxoro shahrining go'zalligi va takrorlanmas obidalari xorijiy sayyohlarni o'ziga jalb etib kelmoqda.
2001-yilda tashkil etilgan Xitoyning yetakchi sayyohlik nashrlaridan biri – "Travel&Leisure" jurnali turizm, madaniyat, moda, hordiq olish kabi mavzularni keng yoritadi. Nashrning media platformalaridagi obunachilari soni 40 milliondan ortiq. Nashrni har kuni 2 milliondan ortiq odam o'qiydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada o‘zbek madaniyati va turizm imkoniyatlari namoyish qilindi
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi