O'zbekiston turizm salohiyati Qozog'istonning O'skemen shahrida taqdim etildi
Iyul 11, 2025. 07:20 • 2 daq
• 132
OSTANA, 11-iyul. / "Dunyo" AA/. Sharqiy Qozog'iston viloyatining O'skemen shahrida O'zbekiston turizm salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot tadbiri o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz elchixonasi, O'zbekiston Turizm qo'mitasi, Qozog'iston Turizm qo'mitasi va Sharqiy Qozog'iston viloyati hokimligi bilan birgalikda tashkil etilgan taqdimotda mahalliy hokimiyat organlari, sayyohlik agentliklari, ishbilarmon doiralari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so'zga chiqqan mamlakatimiz elchisi Baxtiyor Ibragimov turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning strategik ahamiyatini hamda ikki mamlakat fuqarolarining sayohatlarga bo'lgan o'zaro qiziqishi va umumiy madaniy merosni o'rganishga intilishi tobora ortib borayotganini ta'kidladi.
Sharqiy Qozog'iston viloyati turizm va tashqi aloqalar boshqarmasi rahbari Yerjan Sembinov o'z navbatida, Qozog'iston-O'zbekiston turizm sohasidagi hamkorligining faol dinamikasini qayd etish barobarida, o'zaro sayohat tartiblarini soddalashtirish va turistik almashinuvlarni ko'paytirish bo'yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarning muhimligiga urg'u berdi.
Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o'rinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Rasul Zarikeyev anjumanda onlayn formatda ishtirok etib, Qoraqalpog'istonning turizm salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazdi. U madaniy-ma'rifiy, gastronomik, ekologik va sog'lomlashtirish turizmini rivojlantirish, hamda O'zbekiston Hukumati tomonidan turizm infratuzilmasini takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so'zlab berdi.
Tadbir davomida transport imkoniyatlari masalalariga, shu jumladan O'zbekistonning turistik yo'nalishlari va Qozog'iston shaharlari o'rtasidagi reyslar sonini oshirish rejalariga e'tibor qaratildi. Ishtirokchilarga 15-iyuldan boshlab "FlyArystan" aviakompaniyasi tomonidan Atirau – Toshkent – Atirau yo'nalishi bo'yicha aviareyslar yo'lga qo'yilishi haqida ma'lum qilindi.
O'zbekistonning tibbiyot turizmi imkoniyatlari haqidagi muhim ma'lumotlar Qozog'iston tomoniga alohida qiziqish uyg'otdi.
Qozog'iston turoperatorlari ushbu sohada hamkorlikni kengaytirishga katta qiziqish bildirdilar.
а
Shuningdek, ikki mamlakat turoperatorlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri ishbilarmonlik aloqalarini o'rnatish, qo'shma turistik marshrutlar va madaniy dasturlarni ishlab chiqish hamda O'skemen shahridan O'zbekiston shaharlariga "Jibek joli" sayyohlik poyezdini ishga tushirish tashabbuslari ilgari surildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi