Madriddagi Yevropa avtomobilchilar klubida O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot tadbiri o'tkazildi
May 27, 2025. 12:53 • 50 soniya
• 69
MADRID, 27-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Madrid shahridagi Yevropa avtomobilchilar klubida mamlakatimiz sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot tadbiri tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir qatnashchilariga O'zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosi, YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan qadimiy Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarining sayyohlik salohiyati, mazkur kentlarning Buyuk ipak yo'li davridagi muhim ahamiyati, jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan hissasi haqida so'zlab berildi.
O'zbekistonning sayyohlik salohiyati ko'p qirrali ekanligi, mamlakatimizda qadimiy ekskursiya yo'nalishlaridan tashqari ekologik, gastronomik, etnografik, sport va ziyorat turizmini rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjudligi ta'kidlandi. Noyob landshaftlar, boy madaniyat va an'anaviy o'zbek mehmondo'stligi yurtimiz jozibadorligining muhim omillari sifatida qayd etildi.
Bo'lib o'tgan tadbir yig'ilganlarga katta taassurot qoldirdi. Ular mamlakatimizga istiqbolli sayyohlik yo'nalishi sifatida qarashlarini ta'kidladilar. Ko'plab ishtirokchilar kelgusida yurtimizga kelib, uning tarixiy obidalari, madaniyati va tabiati bilan yaqindan tanishish istagini bildirishdi.
Taqdimot yakunida Ispaniya tomoni uchun o'zbekona dasturxon yozildi hamda milliy taomlarimiz va shirinliklar ulashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada o‘zbek madaniyati va turizm imkoniyatlari namoyish qilindi
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi