London shahridagi avtobuslar O'zbekiston madaniyati va milliy taomlarini targ'ib qilmoqda
Iyun 14, 2025. 14:20 • 37 soniya
• 81
LONDON, 14-iyun. /"Dunyo" AA/. Buyuk Britaniya poytaxtida harakatlanadigan ikki qavatli avtobuslarda "O'zbekistonga xush kelibsiz" mavzusidagi reklama bannerlari joylashtirildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Mazkur loyiha yurtimiz elchixonasi tashabbusi bilan joriy yilning 21-22-iyun kunlari "Tower Bridge" maydonida tashkil etiladigan "O'zbekiston madaniyati va milliy taomlari" festivali arafasida tashkil etildi.
Aksiya mamlakatimizning boy madaniy merosi, sayyohlik manzillarini va gastronomik an'analarini xalqaro maydonda keng targ'ib qilishda muhim qadam bo'ldi. Shuningdek, bu kabi madaniy tadbirlar O'zbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlash, turizmni rivojlantirish va madaniy aloqalarni yuksaltirishda ham ulkan ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, ayni paytda "O'zbekiston karvoni" madaniyat va taomlari festivali Buyuk Britaniyaning 6 ta shahrida, jumladan Edinburg, Manchester, Liverpul, Kardiff, Oksford va Londonda davom etmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada o‘zbek madaniyati va turizm imkoniyatlari namoyish qilindi
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi