Xitoyning Xunan provinsiyasida O'zbekistonning turizm salohiyati namoyish etildi
May 02, 2025. 14:25 • 50 soniya
• 78
CHANSHA, 2-may. /"Dunyo" AA/. "Xitoyda O'zbekiston turizm yili" kampaniyasi doirasida Xunan provinsiyasi markazi Chansha shahrida "Road show" tadbiri tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Yurtimizga xitoylik sayyohlar oqimini oshirish maqsadida o'tkazilgan targ'ibot tadbirida O'zbekiston Turizm qo'mitasi vakillari, Xunan provinsiyasi madaniyat va turizm departamenti mutasaddilari, mahalliy sayyohlik kompaniya va agentliklar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Turizm qo'mitasi vakillari o'z chiqishlarida so'nggi yillarda mamlakatimizda yaratilgan qulay turizm infratuzilmasi, hududlarimizning ushbu jabhadagi salohiyati haqida so'zlab berdilar. Xitoy tomoniga yurtimizning go'zal tabiati aks ettirilgan videoroliklar namoyish etildi.
O'zbekiston san'at ustalari tomonidan ijro etilgan milliy ko'y-qo'shiqlar va raqslar Xitoy vakillariga katta taassurot qoldirdi.
Xitoy vakillari qadimiy Samarqand, Buxoro, Xiva va Qo'qon kabi shaharlarimizning boy tarixiy-madaniy merosi, O'zbekiston aviakompaniyalari tomonidan yo'lga qo'yilayotgan yangi aviayo'nalishlar, viza masalalarining yengillashuvi hamda o'zbek xalqining mehmondo'stli, shubhasiz mamlakatimizga Xitoydan turistlar oqimini keskin ko'paytirishga xizmat qilayotganini ta'kidladilar.
"Xitoyda O'zbekiston turizm yili" dasturi doirasidagi navbatdagi "Road show" tadbiri va ko'rgazma Guanchjou shahrida bo'lib o'tadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada o‘zbek madaniyati va turizm imkoniyatlari namoyish qilindi
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi