O'zbekistonning gastronomik turizm salohiyati Malayziyada o'tkazilgan xalqaro yarmarkada namoyish etildi
May 12, 2025. 07:11 • 32 soniya
• 74
KUALA-LUMPUR, 12-may. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 9-11 may kunlari Malayziyaning Selangor shtatida "Carnival Premier – 2025" yarmarkasi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Selangor shtati ma'muriyati va Malayziya Milliy universiteti tomonidan tashkil etilgan yarmarkada mahalliy va xorijiy halol oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda restoran tarmoqlari vakillari ishtirok etdi.
Yarmarka doirasida mahalliy turistik kompaniya bilan birgalikda O'zbekiston gastronomik turizmi salohiyati namoyish etildi. Shuningdek, o'zbek palovining samarqandcha turi tayyorlandi va u xorijiy tomonga manzur bo'ldi.
Uch kun davom etgan yarmarkada 6 mingdan ziyod mehmon O'zbekiston gastronomik turizmi salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada o‘zbek madaniyati va turizm imkoniyatlari namoyish qilindi
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi