Logo

O‘zbekiston va Malayziya turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiradi

Dekabr 01, 2025. 12:32 • 2 daq

355
O‘zbekiston va Malayziya turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiradi

KUALA-LUMPUR, 1-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev malayziyalik yetakchi turizm sohasi vakillari bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot jarayonida elchi Malayziya turizm operatorlari assotsiatsiyasi raisi Mohd Xalid Xarun, “Soka Muslim Friendly Travel” direktori Adam Kamal va “Smart Global Adventures” turkompaniyasi menejeri Eriye Van bilan turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarida fikr almashdi.

Muzokaralar davomida mutaxassislar Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlari va poytaxtimizning turizm yo‘nalishidagi mahsulotlarni Malayziya bozorida keng targ‘ib qilish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.

Malayziyalik suhbatdoshlarga yurtimizda turizm sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ziyorat turizmini jadal rivojlantirish va xorijiy mehmonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, malayziyalik yoshlar orasida “qishki turizm”, “ekoturizm” va “gastronomik turizm” kabi sayyohlik dasturlarini ilgari surish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

O‘z navbatida, Mohd Xalid Xarun shu yilning 22–24-avgust kunlari Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon ziyorat turizmi va savdo ko‘rgazmasida O‘zbekiston vakillarining ishtiroki uchun minnatdorlik bildirib, 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan turizm ko‘rgazmasida ham ishtirok etish uchun yurtimiz delegatsiyasini taklif qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Malayziya aholisi orasida O‘zbekistonning Islom dunyosiga oid qator ziyoratgohlari va sayyohlik markazlari katta qiziqish uyg‘otmoqda. Toshkent va Kuala-Lumpur shaharlari o‘rtasida aviakompaniyalar tomonidan haftasiga 7 marotaba to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar amalga oshirilayotgani sayyohlar uchun yana-da qulaylik yaratmoqda.

Adam Kamal o‘zi rahbarlik qilayotgan turkompaniyasining maxsus veb-portali (https://www.sukab2b.com/) orqali mahalliy turoperatorlari orasida O‘zbekiston turpaketlari sotuvi keng yo‘lga qo‘yilganini hamda malay tilida chop etiladigan “Soka Muslim Friendly Travel” sayyohlik jurnalida O‘zbekistonga bag‘ishlangan turpaketlar chop etilganini taʼkidladi.

“Smart Global Adventures” kompaniyasi menejeri Eriye Van esa Malayziyadan O‘zbekistonga sayyohlar sonini yana-da oshirish maqsadida turizm targ‘ibot tadbirlarni birgalikda tashkillashtirishga tayyorligini bildirdi. Xususan, 2026-yilning birinchi choragida Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan yirik taqdimot o‘tkazishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish